FIFA The Best sovriniga da’vogar yilning eng yaxshi murabbiylarini e’lon qildi

FIFA The Best sovriniga da’vogar yilning eng yaxshi murabbiylarini e’lon qildi

FIFA 2021 yil yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi nominasiyasida yakuniy uchlikni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, The Best sovriniga Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Roberto Manchini (Italiya milliy jamoasi) va Tomas Tuxel («Chelsi») da’vogarlik qilmoqda.

Manchini Italiya bilan Yevro-2020 g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Tuxel «Chelsi» bilan YECHLda zafar quchdi, Gvardiola esa «Man Siti» bilan APL chempionligi va YECHL finalchisiga aylangandi.

Ma’lumot uchun, The Best sovrini taqdirlash marosimi 17 yanvar kuni Syurixda o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!