Fazogirlar ochiq koinotda 10 yil osig‘liq turgan sochiqni olib tashlashdi

Fazogirlar ochiq koinotda 10 yil osig‘liq turgan sochiqni olib tashlashdi

Xalqaro koinot stansiyasidagi rossiyalik fazogirlar Oleg Kononenko va Aleksey Ovchinin ochiq koinotda ishlash vaqtida stansiyaning tashqi tomonidan 10 yil osig‘liq turgan sochiqni olib tashlashdi.

Sochiq koinotda ishlash vaqtida skafandrlarni artish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Uni ochiq koinotda rossiyalik fazogirlardan biri 10 yil avval qoldirgan. Kononenko va Ovchinin sochiqni maxsus konteynerga joylashgan. U Yerga qaytariladi va o‘rganish uchun mutaxassislarga topshiriladi.

Fazogirlarning ochiq koinotga chiqishi 29 may Toshkent vaqti bilan 20.42da boshlangan. Ular stansiya sirtida qo‘shimcha tutqichlar o‘rnatishlari, “Poisk” moduli illyuminatorlarini tozalashlari, stansiya yuzasidan namunalar olishlari va “Obstanovka” tajribasida qo‘llangan o‘lchov bloklarini tashlab yuborishlari rejalashtirilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!