Farg‘onada giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs o‘shlandi

Farg‘onada giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs o‘shlandi

Farg‘ona shahrida 2022 yilning 18 iyul kuni Farg‘ona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud PPX otryad 2-guruh xodimlari va shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.I mahalla hududida o‘zini shubhali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda «marixuana» va «gashish» giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!