Farg‘onada chegarachilarning ikki kishini nega ayovsiz kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada chegarachilarning ikki kishini nega ayovsiz kaltaklagani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada chegarachilar bir kishini urayotgani (va urish davomida so‘kayotgani) aks etgan video tarqalib ketdi.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kaltak yeganlarning o‘zi avvaliga provokasiya qilgan, chegarachilarni bosib ketishga uringan, kamiga ularni haqorat qilgan. Boz ustiga, DXX Chegara qo‘shinlaridan ma’lum qilishlaricha, ular (kaltak yeganlar ikki kishi ekani aytilmoqda) — kontrabandist, avval ham bir necha bor mahsulotlarni chegaradan noqonuniy olib o‘tish vaqtida qo‘lga tushgan.

Shunga qaramay, DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining alohida ta’kidlashicha, chegarachilarning fuqarolarga nisbatan xatti-harakatlarini baholash bo‘yicha xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!