Evropa parlamenti mudofaa qo‘mitasi tuzishga yaqin turibdi

Evropa parlamenti mudofaa qo‘mitasi tuzishga yaqin turibdi

Evroparlamentning eng yirik fraksiyalari xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha quyi qo‘mitani to‘laqonli qo‘mitaga aylantirish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Bu haqda «Eurostiv» portali manbalarga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq bu qadamga qarshi chiqqan sosial-demokratlar Yevropa xalq partiyasi (EPP) va liberallarning sentyabr oyiga qadar to‘laqonli qo‘mita tuzish talabiga rozi bo‘lgan.

Yangi qo‘mita xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha amaldagi quyi qo‘mita, shuningdek, mudofaa sanoati masalalari bilan shug‘ullanuvchi sanoat va ichki bozor qo‘mitalari vakolatlarining bir qismini o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!