Evropa Ittifoqi AstraZeneca vaksinasini sotib olishdan bosh tortdi

Evropa Ittifoqi AstraZeneca vaksinasini sotib olishdan bosh tortdi

Evropa komissiyasi joriy yilning ikkinchi yarmida AstraZeneca britan-shved vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirishni rad etdi. Buni ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Tiyerri Breton tasdiqladi, deb xabar beradi euronews.

Qaror Yevropa Ittifoqining sud jarayoniga aylangan, ishlab chiqaruvchi kompaniyaga qarshi da’volari fonida qabul qilindi. Bryussel AstraZeneca vaksinasini yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Evropa rasmiylari kompaniyani Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda emlash kampaniyalarini kechiktirish uchun javobgar deb bilishadi. Endi Bryussel Pfizer-BioNTechdan umidvor. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen yaqin kelajakda ushbu vaksinaning deyarli 2 milliard dozasini 2023 yil oxirigacha yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!