Etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatsiz joylashtiriladi

Etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatsiz joylashtiriladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!