Erkak bir dona tamaki sabab 6 farzandning homilador onasini o‘ldirdi

Erkak bir dona tamaki sabab 6 farzandning homilador onasini o‘ldirdi

35 yoshli Nyu-York fuqarosi Jeyson Mendes homilador ayolni qasddan o‘ldirishda ayblandi. Ayol, shuningdek, olti farzandning onasi ham.

 

Hodisa haqida NBC xabar berdi. Polisiya xodimlarining xabar berishicha, oilaning otasi Mendesdan farzandlari va homilador xotiniga qarata tamaki tutatmaslikni so‘ragan.

 

Bu esa jinoyatchiga yoqmagan va u mashinasi bilan butun boshli oila tomon harakatlangan. So‘ng ularni urib ketgan.

 

Voqea natijasida 32 yoshli homilador ayol olgan jarohatlari sabab vafot etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, erkak aybini tan olishni xohlamayapti.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!