Erdo‘g‘an Moldova prezidenti bilan uchrashuvda mudrab qoldi

Erdo‘g‘an Moldova prezidenti bilan uchrashuvda mudrab qoldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moldova prezidenti Igor Dodon bilan matbuot anjumanda mudrab qoldi. Erdo‘g‘anning ko‘zlari yumilib, uni bir necha soniya mudroq bosgan.
 


Erdo‘g‘an 17 oktyabrdan beri Moldovada tashrif bilan qolmoqda. Ikki rahbar o‘zaro uchrashuv vaqtida strategik hamkorlik haqida memorandum imzolashgan.

O‘tgan yil ham Erdo‘g‘an bilan shunga o‘xshash holat yuz bergandi. U ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko chiqishi vaqtida mudrab qolgandi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!