Enrike Iglesias: «Balki, bu mening so‘nggi albomim bo‘lar...»

Enrike Iglesias: «Balki, bu mening so‘nggi albomim bo‘lar...»

Taniqli qo‘shiqchi Enrike Iglesias o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali Final nomli albomi karyerasidagi so‘nggi musiqiy albomga aylanishi mumkinligini e’lon qildi, deb xabar beradi PeopleTalk.

«Balki, bu mening so‘nggi albomim bo‘lar», — deydi muxlislar savoliga javob bergan Enrike. «Bu so‘nggi oylar davomida o‘ylagan narsam emas. Bu haqda bir necha yildan beri o‘ylab kelaman», — deya tan olgan qo‘shiqchi.

O‘zining Riki Martin va Sebastyan Yatra bilan amalga oshiriladigan turini targ‘ib qilar ekan, Enrike taqdim etiladigan plastinkaga oid ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi: «1- va 2-tomlar bo‘ladi, ammo ular yakuniy», — deydi Iglesias.

«Bilmayman. Hozirda hayotimning albom taqdim etish kerakligi bobida turibman va bu haqida 2015 yildan beri o‘ylayman».

Shu bilan birga, Enrikening ta’kidlashicha, u musiqa sohasidan butunlay ketish niyatida emas. Qo‘shiqchi turli kompozisiyalar yozishni davom ettiradi, ammo ularni kim va qanday usulda ijro etishi noma’lum: «Qo‘shiqlar albomga joylanishi majburiy emas. Shunday ekan mazkur loyiha men uchun muhim», — deydi Enrike.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!