Elnur Abduraimov meksikalik raqibini mag‘lub etdi

Elnur Abduraimov meksikalik raqibini mag‘lub etdi

Toshkentda boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" turniridan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada prelim kardning navbatdagi jangi yakunlandi.

Unda yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi, Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov Meksika vakili Karlos Ornelasga qarshi ringga chiqdi.

6 raundlik jang to‘liq davom etdi. Unda hakamlarning yakdil qarori bilan Elnur Abduraimov g‘alaba qozondi.

Bu oqshom doirasidagi to‘rtinchi jang bo‘ldi. Avvalroq, A’loxon Abdullayev, Iqboljon Xoldarov va Mujibillo Tursunov o‘z janglarida zafar quchgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!