Ekilgan sochlar umrbod to‘kilmaydi...mi?!

Ekilgan sochlar umrbod to‘kilmaydi...mi?!

📌 Bugungi kunda soch to‘kilishi — turli yoshdagi insonlarni qiynayotgan jiddiy muammo. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda ayollarning 75 foizi, erkaklarning 50 foizi aynan shu kasallikdan aziyat chekmoqda. Natijada soch ekish — eng talabgir tibbiy xizmat turlaridan biriga aylandi.

❓Xo‘sh, sochlar to‘kilishining asosiy sabablari nima? Ushbu amaliyotning necha turi bor? Ekilgan tolalar umrbod to‘kilmaydimi?

👨‍⚕️Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, trixolog Minnura Qodirova javob berdi.

🩺 — Odatda soch to‘kilishi muntazam davom etuvchi holat hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Ya’ni me’yor bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 80-100 tagacha tola to‘kilishi mumkin. Agar bu holat tezlashib, yangi tolalar o‘sib chiqishi kamaysa, albatta, xavotirlanish lozim.

👨‍👩‍👦 Soch to‘kilishiga olib keluvchi omillar juda ko‘p. Eng avvalo, bu irsiyat bilan bog‘liq. Ya’ni ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tish ehtimoli yuqori.

🔴 Qolaversa, ba’zida soch o‘choqli, ya’ni tanga-tanga bo‘lib to‘kilishi yoki umumiy siyraklashishi mumkin. Ayrim erkaklarda esa androgen alopesiya (tepakallik) uchraydi. Bunday kasallik gormonlar faoliyati buzilishi hamda irsiyat bilan bog‘liq.

🔬 Tangali soch to‘kilishi yondosh kasalliklar hisobiga yuz berishi, gemoglobin kamayganda, homiladorlikda, narkoz olishda va asabiylashganda kuzatiladi.

🦠 Surunkali infeksiyalar, sil, o‘sma kasalliklari, nurlanish, stress, kasb bilan bog‘liq noqulay sharoitlar, noto‘g‘ri parvarish, vitamin va boshqa muhim moddalarning yetishmasligi, ayrim dorilarni qabul qilish hamda oshqozon-ichak traktining patologiyalari ham ushbu muammoni yuzaga chiqaradi. Tabiiyki, bunday holatlarda ko‘pchilik insonlar soch ekish amaliyotiga murojaat qiladi.

🖇 Ushbu davolash turining ikki xil — jarrohlik va FUE usuli mavjud. Birinchi usulda soch teri bilan kesib olinib, graftlar bitta-bitta tola ildizlarga ajratiladi va alohida joylashtiriladi.

❇️ FUE — bu choksiz, kesmagan holda transplantantlarni olish va kiritishning mikrojarrohlik usuli bo‘lib, bugungi kunda mana shu davolash turi keng qo‘llanilmoqda. Unda 1-4 toladan iborat soch guruhlari bemorning ensa sohasidan yoki tananing boshqa qismlaridan olinadi.

‼️ Agar ushbu amaliyotdan keyin shifokorlarning tavsiyalariga to‘liq amal qilinsa va davolanishning boshlang‘ich muddatidan yaxshi o‘tib olinsa, ko‘p hollarda ekilgan tolalar qayta to‘kilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!