EIning Belorussiya aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalar kuchga kirdi

EIning Belorussiya aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalar kuchga kirdi

Shanbaga o‘tar kechasi, soat 00:00 dan e’tiboran Yevropa Ittifoqining Belorussiya aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalari kuchga kirdi. Ittifoq a’zolari ushbu jazo choralariga e’tiroz bildirmadi.

Sanksiyalar Ryanair aviakompaniyasiga qarashli samolyotning Minskka majburan qo‘ndirilishiga javob tariqasida joriy etildi. Shunday qilib, “Belaviya” va davlatga qarashli boshqa kompaniyalar samolyotlarining Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar osmonidan uchib o‘tishi va aeroportlariga qo‘nishi taqiqlandi. Ayni paytda YEI davlatlari milliy aviakompaniyalarining Belorussiyaga uchishi mumkin emas.

Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyoti 23 may kuni Minskka shoshilinch ravishda qo‘ndirilgan edi. Samolyot bortidan belorussiyalik muxolifatchi Roman Protasevich va uning hamrohi, rossiyalik Sofya Sapega tushirib qoldirildi. Belorussiya hukumati samolyotning qo‘ndirilishini unda bomba o‘rnatilgani haqida xabar kelib tushgani bilan izohladi, biroq havo layneridan hech qanday bomba topilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!