ECHLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

ECHLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.

Usmon Dembele “PSJ”ning “Barselona”ga qarshi o‘yinida (4:1) bir bora gol urdi va yana 5 bora raqiblar darvozasiga xavf soldi, “Borussiya D” futbolchisi Yulian Brandt “Atletiko”ga (4:2) qarshi o‘yinda bir bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va maydonda juda samarali harakat qildi, Joshua Kimmix “Bavariya”ga “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonishida o‘z goli bilan yordam berdi. Undan tashqari Kimmixning jamoadoshlariga uzatgan to‘pi 97 foiz aniqlikda yetib bordi.

Yana bir nomzod “Real Madrid” futbolchisi Federiko Valverde bo‘lib, u “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda 13,99 km yugurib, 33 km/soat tezlikka erishgan. Jamoadoshlariga uzatgan to‘plarning aniqligi ham yuqori — 88%.

Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Real Madrid” “Bavariya” klubi bilan, “PSJ” klubi esa “Borussiya D” klubi bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!