Dunyo bo‘ylab 299 million kishi COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlandi

Dunyo bo‘ylab 299 million kishi COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlandi

 Ayni paytda dunyo bo‘ylab tarixdagi eng katta emlash kompaniyasi davom etmoqda. Bloomberg axborot agentligi tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 111 mamlakat bo‘ylab 299 milliondan ortiq dozadagi vaksina bilan odamlar emlangan. So‘nggi kunlarda kuniga taxminan jahon bo‘ylab 7. 65 million dozadagi vaksina tarqatilmoqda.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan AQShda hozirgacha 87.9 million dozadagi vaksina tarqatildi. Bu Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga chalinganlarning umumiy sonidan ham ko‘proqdir. AQShda o‘tgan haftada kuniga o‘rtacha 2.16 million kishi COVID-19 ga qarshi emlangan. Agar vaksinasiya shu zaylda davom etsa, amerikaliklarning 75 foizini ikki dozali vaksina bilan emlash uchun taxminan olti oy muddat ketadi.

Hozirda AQShda Pfizer va Moderna kompaniyalarining tarqatilishi hukumat tomonidan boshqarilmoqda. Mazkur ikki vaksina ham ikki dozali bo‘lib, Qo‘shma Shtatlarda shu paytgacha 57.4 million kishi birinchi dozani qabul qilgan bo‘lsa, 29. 4 million kishi vaksinaning ikkinchi dozasini ham olib bo‘lgan.

Qachon hayot normal holatga qaytadi? Bu murakkab savol bo‘lib, u epidemiologlar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Dunyodagi yaxshi vaksinalar virusning oldini olishda taxminan 95 foiz samara bersa ham, emlashdan keyin ham kasallik tarqalishda davom etishii mumkin. AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchinig aytishicha, AQSh aholisining 70 foizdan 85 foizgacha bo‘lgan miqdori emlansa, mamlakatdagi hayot odatiy holatga qaytishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!