Dubaydan kelayotgan fuqaro Toshkentga 1 yarim mlrd so‘mlik tilla soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Dubaydan kelayotgan fuqaro Toshkentga 1 yarim mlrd so‘mlik tilla soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 24 avgust kuni soat 02:40 larda “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Dubay-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tegishli tartibda tekshirildi.

Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklarasiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 mlrd 540 mln 260 ming so‘mlik 1 dona sariq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan “Patek Philippe Geneve” yozuvli qo‘l soati borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 iyuldagi 104-son Farmoni.

Mazkur tartibni buzgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227 19-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!