Deputat sog‘liqni saqlash vaziridan xizmat tekshiruvi natijalarini xalq vakillariga ma’lum qilishni so‘radi

Deputat sog‘liqni saqlash vaziridan xizmat tekshiruvi natijalarini xalq vakillariga ma’lum qilishni so‘radi

Mamlakatimizda islohotlarning yangi bosqichida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Shuningdek, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat — “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan korrupsiya holatlari va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

2021 yil 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi parlament eshituvida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov sog‘liqni saqlash vaziridan ushbu masala yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvi natijalarini xalq vakillariga ma’lum qilishni so‘radi.

J. Shirinov mazkur masalaga, albatta, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi o‘z munosabatini bildirishini ma’lum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!