«Davr bank» xodimining noqonuniy valyuta sotgani yuzasidan axborot berdi

«Davr bank» xodimining noqonuniy valyuta sotgani yuzasidan axborot berdi

19 sentyabr kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati hamda qator internet saytlarda «Davr bank» xodimi D.T 12 ming AQSh dollarini noqonuniy ravishda sotayotganida qo‘lga olingani haqida xabar e’lon qilindi.

«Davr bank» «Daryo»ga mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, D.T hozirgi kunda «Davr bank»da faoliyat yuritmaydi. Ushbu voqea yuz berishidan avvalroq u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Davr bank» internet nashrlaridan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!