Damashqda ikkita “mina” portladi

Damashqda  ikkita “mina” portladi

Ma’lum qilinishicha, shaharning Rais ko‘prigi yaqinida qo‘yilgan ikkita “mina” portlagan. Bundan asosiy nishon Suriya armiyasi askarlari mingan avtobus bo‘lgan. Portlash oqibatida 14 harbiy halok bo‘ldi. Shuningdek, uch kishi og‘ir yaralangani xabar qilinmoqda. Hozircha tinch aholi vakillari jabrlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Ba’zi manbalarda ta’kidlanishicha, uchinchi bomba portlamay qolgan. Uni armiya saperlari zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Mahalliy ekspert Husam Shuayb terakt erta tongda sodir etilganini aytgan. Bu vaqtda ko‘cha gavjum bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!