“Chirchiq” kanaliga chiqindi tashlagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

“Chirchiq” kanaliga chiqindi tashlagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

18-mart kuni kechqurun Bektemir tumani IIO FMB profilaktika inspektorlari Chirchiq kanali yaqiniga chiqindi to‘la xaltalar yuklangan Dongfeng rusumli yuk mashinasi kelib to‘xtaganligi guvohi bo‘lishdi. Mashinadan ikki kishi chiqib, yon-atrofni ko‘zdan kechirgach, mashinadan xaltalarni chiqarib kanal bo‘yiga qo‘yishni boshlashgan. Chiqindilarni kanalga uloqtirishga ulgurmaslardidan ularni profilaktika inspektorlari to‘xtatishdi.

Ushbu fakt bo‘yicha shu tumanda yashovchi 39 yoshli Artur S. va Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli Dmitriy CH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi ( Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish ) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 202 730 so‘m miqdorida jarimaga solindi.

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Tozalikka rioya qiling, tabiatni asrang. Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy ozoda bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!