Buyuk Britaniyaning yangi pasportlari Polshada chop etiladi

A A A
Buyuk Britaniyaning yangi pasportlari Polshada chop etiladi

Britanlarning Brexit’dan keyingi yangi ko‘k pasportlari Yevropa Ittifoqi hududida chop etiladi.

Qog‘oz pullar va boshqa qimmatli qog‘ozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Britaniyaning De La Rue shirkati o‘n bir yillik shartnoma tufayli £260 mln ($336,8 mln) mablag‘ yo‘qotdi. Shartnomani uning raqobatchisi Gemalto fransuz-golland shirkati qo‘lga kiritdi. Shirkat hujjatlarni Tchev shahri (Polsha)dagi kombinatida chop etadi.

Yangi pasportlar joriy yilning mart oyidan boshlab beriladi.

Mavjud bordo dizayni Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketgandan keyin o‘zgartiriladi.

Moviy pasportlar 1921 yilda joriy etilgan. Buyuk Britaniya 30 yildan beri ko‘k pasportni ko‘rmagan: 1988 yildan beri Yevropa Ittifoqi kelajagi uchun pasport tizimini muvofiqlashtirish amalga oshirib kelinmoqda. O‘shandan beri Qirollik fuqarolarining pasporti qizil rangda edi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!