Buxorolik xalqaro olimpiadalar g‘olibiga viloyat hokimligi yil oxirigacha yangi uy qurib beradi

Buxorolik xalqaro olimpiadalar g‘olibiga viloyat hokimligi yil oxirigacha yangi uy qurib beradi

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev ikki marta xalqaro, bir marta viloyat va bir marta respublika olimpiadalari g‘olibi 14 yoshli Doniyor Ismoilov va uning onasi Lobar Rahimova bilan shaxsan uchrashdi. Uchrashuvda uy-joy muammosi qiynayotgan oilaga joriy yilning 31 dekabriga qadar yangi uy qurib berilishi belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Doniyor Ismoilovga noutbuk hadya qiladi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi shaxsiy kutubxona yaratib beradi.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!