Buxoroda erkak ukasini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoroda erkak ukasini pichoqlab o‘ldirdi

Joriy yilning 8 fevral kuni I.H. (erkak) Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi uyida soat 18:30 atrofida ukasi E.H. bilan ovqatlanib, birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastligi natijasida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Janjal oqibatida aka ukasini qasddan o‘ldirish maqsadida, yashash xonadonidagi oshxona pichog‘i bilan uning hayoti uchun muhim tana a’zolari, ya’ni, o‘ng qo‘l bilak yuqori uchi sohasi va ko‘krak qafasiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazganida qo‘lidagi oshxona pichog‘ining tig‘i E.H.ning ko‘krak sohasida sinib qolganidan so‘ng u oshxonadan yana boshqa pichoqni olgan vaqtida uyga yetib kelgan guvohlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Jabrlanuvchi E.H. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida joriy yil 13 fevral kuni tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu yilning 3 iyun kuni Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudida marhumning akasi I.H.ga doir sud ishi ko‘rib chiqildi va unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.H. JKning 97-moddasi 1-qismida (qasddan odam o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan shu modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!