Buxoro viloyatida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Buxoro viloyatida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Buxoro viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rtata’lim maktablari o‘rtasida "Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!