Bugun Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»

Bugun Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»

Bugun, 11 noyabr — Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni». "Xabar.uz"ning «Sinxua» agentligiga asoslanib xabar berishicha, Xitoydagi onlayn-savdo platformalarining savdo aylanmasi «Bo‘ydoqlar kuni» 30 milliard dollardan oshib ketishi kutilyapti. Yanayam aniqroq  summa — 32 milliard dollar.

«Bo‘ydoqlar kuni» nikohda bo‘lmagan insonlarga bag‘ishlangan bayram, Xitoyda har yili 11 noyabr kuni nishonlanadi. Oxirgi yillarda yirik kompaniyalar yirik ulgurji savdolarini aynan shu kunga belgilashga odatlanishmoqda.

«AliExpress» hamda «Tmall» onlayn-maydonlarini boshqaruvchi «Alibaba» kompaniyasi 2013 yildan bu amaliyotni internet-savdolarga ham joriy etdi. «Tmall» onlayn-maydoni «Bo‘ydoqlar kuni» rekordini o‘rnatgan: 24 soat ichida 168,2 milliard yuanlik mahsulot sotgan.

O‘tgan yildan «Alibaba Group» ulgurji savdolarni g‘arb bozoriga ham tatbiq etdi, natijada «AliExpress» Buyuk Britaniya va AQSh da ommalashib ketdi. Bugungi sanada oldingi rekordlar yangilanishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!