Budapesht shahrida Vengriya kompaniyalarining O‘zbekistondagi yangi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi

Budapesht shahrida Vengriya kompaniyalarining O‘zbekistondagi yangi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Katalin Bixari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Tomonlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini qayd etdilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik masalalari, xususan, Vengriya kompaniyalarining O‘zbekistondagi yangi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!