Eronda mashhur 33 yoshli reper o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eronda mashhur 33 yoshli reper o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eron Islom inqilobi sudi mamlakatdagi hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan mashhur 33 yoshli reper Tumoj Solihiyni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters yozdi.

Musiqachi 2022 yil oktyabr oyida namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan, shu jumladan, bu haqda qo‘shiqlar yozib, omma oldida chiqish qilganida hibsga olingan.

Reper 2023 yilda ham o‘limga hukm qilingan, ammo Eron Oliy sudi qaroriga ko‘ra, jazo 6 yilu 3 oy qamoq bilan almashtirilgan edi.

2024 yil 24 aprelda reperning advokati Amir Raisyon Eronning «Sharq» gazetasiga bergan intervyusida Oliy sud qaroriga qaramay, Isfaxon shahri sudi reperni o‘lim jazosiga hukm qilganini aytdi. U hali qonuniy kuchga kirmagan hukm ustidan shikoyat qilishga va’da berdi.

Eronda ommaviy norozilik va tartibsizliklar 2022 yil sentyabrida ro‘molni «noto‘g‘ri o‘ragani» uchun axloq polisiyasi tomonidan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!