Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi Pezeshkiyon g‘alaba qozondi

Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi Pezeshkiyon g‘alaba qozondi

Etnik ozarboyjon Mas’ud Pezeshkiyon Eronning saylangan to‘qqizinchi prezidentiga aylanadi. U 16,4 mln eronliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi natijalari e’lon qilindi. Saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, Islohotchilar qanotidan yagona nomzod, etnik ozarboyjon Mas’ud Pezeshkiyon 16,4 mln eronliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va g‘alabaga erishdi.

Uning raqibi Konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy 13,5 mln ovoz olgan.

Birinchi turda ham Pezeshkiyon g‘alaba qozongandi. Biroq ikkala nomzod ham 50 foizdan ko‘proq ovoz jamg‘ara olmagani ortidan prezident saylovi g‘olibi ikkinchi turda aniqlanishi ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!