Vengriyada Germaniya bilan muhim uchrashuv bekor qilindi. Nemislar «hayratda»

Vengriyada Germaniya bilan muhim uchrashuv bekor qilindi. Nemislar «hayratda»

Vengriya dushanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Germaniya bilan tashqi ishlar vazirlari darajasidagi ikki tomonlama uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligining ismi oshkor etilmagan xodimiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya departamenti bu qarordan «hayratda qolgan» va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Moskvaga tashrifidan keyin «jiddiy va ochiq» muzokaralar zarurligini ta’kidlagan.

Vengriya Tashqi ishlar vazirligi va Germaniya hukumati agentlik so‘rovlariga javob bermagan. Agentlikning Germaniya tashqi ishlar vazirligidagi suhbatdoshiga ko‘ra, uchrashuv boshqa vaqtga ko‘chiriladi.

Agentlik ta’kidlashicha, bu YEI mamlakatlari, xususan, Germaniyaning Orbanning Moskvaga tashrif buyurishi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish qaroridan noroziligi fonida yuz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!