Boysundagi ommaviy janjal yuzasidan bayonot berildi

Boysundagi ommaviy janjal yuzasidan bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qonunlar ishlamagandan keyin bilakka erk beriladimi?” mavzusida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

Aniqlanishicha, Boysun tumanidagi “Sho‘rsoy” mahallasida yashovchi fuqaro O‘.J tumanning“Mehrobod” mahallasida yashovchi cho‘ponA.Q. ni chorva mollarini boqishi uchun 2021 yil 14 aprel kuni soat 10-30 larda tumanning“Inkobod” mahallasida joylashgan akasi X.J.ga tegishli bo‘lgan “ASLAN EKSKLYUZIV BOG’LARI” MCHJga qarashli bo‘lgan yer maydoniga olib borganida, o‘sha kuni akasiga tegishli bo‘lgan yer maydonida, tumanning “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi M.A. hamda M.A.lar chorva mollarini boqib yurganligini ko‘rib, ularga ushbu yer maydoni akasi X.J.ga tegishli ekanligini hamda chorva mollarini olib chiqib ketishini ma’lum qilganida, M.A.lar ushbu joydan chiqib ketmasligini aytib, ikkala tomon o‘rtasida janjal kelib chiqib, janjal vaqtida har ikkala tomon bir-birlariga tayoqlar bilan urib tan jarohati yetkazishgan.

Natijada, fuqaro O‘.J, A.Q., M.A. va M.A.lar shifoxonaga murojaat qilishgan bo‘lib, ularga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan va ekspertizadan o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozigi kunda Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!