Boliviya prezidenti: Biz g‘alaba qozongan demokratiyani hech kim tortib ololmaydi

Boliviya prezidenti: Biz g‘alaba qozongan demokratiyani hech kim tortib ololmaydi

Xalq g‘alaba qozongan demokratiyani hech kim tortib ololmaydi, dedi Boliviya prezidenti Luis Arse mamlakatdagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin xalqqa murojaat qilib.

«Biz, barcha boliviyaliklar, davlat to‘ntarishiga urinishlarning oldini olamiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari La-Pas ma’muriy poytaxtidagi hukumat saroyi balkonidan turib.

Arce jamoatchilikka demokratiyaga nisbatan sezgirligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Ular faqat mamlakatning xalqaro obro‘siga putur etkazadi. Bugun xalqaro hamjamiyat va Boliviya xalqi davlat to‘ntarishiga urinishning guvohi bo‘ldi. Biz jamoamiz va vazirlarimiz bilan demokratiyamizga tahdid soladigan barcha to‘ntarish tashabbuslariga qarshi kurashish uchun shu yerdamiz. Biz yutgan demokratiyani hech kim tortib ololmaydi.

Boliviya xalqi demokratiyaga chaqiruvimizni javobsiz qoldirmadi va unga qarshi birga chiqdi. Bunday to‘ntarish urinishlarining yana sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Yashasin demokratiya, to‘ntarishlar barham topsin», - dedi Boliviya prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!