BMTning Afg‘oniston uchun yuborgan insonparvarlik yuki hali ham Termizda saqlanyapti. Nega?

BMTning Afg‘oniston uchun yuborgan insonparvarlik yuki hali ham Termizda saqlanyapti. Nega?

Afg‘oniston hukumati BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR)ning Termizdagi insonparvarlik yordamini olib kirishga hozircha ruxsat bermagan. Bu haqda UNHCR vakili «Gazeta.uz»ga ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Termiz shahrida asosiy logistika markazini ochgandi. Oktyabr oyi o‘rtalarida ushbu logistika markaziga BMT Qochqinlar ishi bo‘yicha boshqarmasining Afg‘onistonga atalgan 100 tonnalik insonparvarlik yordami olib kelingan edi. Ushbu gumanitar yordam yuk mashinalariga ortilib Termizdan «Hayraton» chegara punkti orqali Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga yetkazilishi lozim edi.

«Yuk hozircha Termizda turibdi. Uni yetkazib berish sanasi afg‘on tomonidan olib kirishga ruxsat berilishiga bog‘liq va bu masala Qochqinlar boshqarmasining Kobuldagi vakolatxonasi tomonidan hal etilmoqda», — degan boshqarma vakili.

Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, UNHCR’ning yangi insonparvarlik yuklari Afg‘onistonga Termiz orqali tashiladi, chunki mazkur yo‘nalish O‘zbekiston birgalikda afg‘on xalqiga yordam yetkazish uchun qo‘shimcha transport koridori sifatida belgilangan.

Termiz Cargo Centre terminali O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan. O‘z joylashuv o‘rni, hajmi va o‘tkazuvchanligi, shuningdek, ko‘rsatadigan xizmatlari bilan terminal afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish uchun muhim markaz sifatida ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!