BMT suriyalik qochqinlarga 5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi

BMT suriyalik qochqinlarga 5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 2019-2020 yillar uchun suriyalik qochqinlarga yordam rejasini taqdim qildi.

Reja Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr va Iroq hududiga ko‘chib o‘tgan suriyaliklarni qamrab oladi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga 5,5 mlrd dollar ajratiladi.

“BMT idoralari va hamkor nohukumat tashkilotlari qochqinlarga hududiy yordam rejasini e’lon qildi. 5,5 mlrd dollarlik bu reja Suriya inqrozining ta’sirini o‘nglay olish uchun Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr va Iroq tomonidan milliy darajada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan”, deyilgan xabarda.

Bu pullardan bir qismi davlatlar byudjetlariga, qolgani esa suriyaliklarni qabul qilayotgan mahalliy jamoalar ehtiyojlariga beriladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarda hammasi bo‘lib 5,6 mln suriyalik qochqin, jumladan bir millionga yaqin chaqaloq qayd qilingan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!