BMT bosh kotibi: "Koronavirusni nazorat qilib bo‘lmayapti"

BMT bosh kotibi: "Koronavirusni nazorat qilib bo‘lmayapti"

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusga bog‘liq vaziyat nazorat ostidan chiqib ketayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlari tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan.

«Koronavirus tarqalishi nazorat ostidan chiqib ketdi va hamon uning tashqarisida qolmoqda», — deydi Guterrish. Shuningdek, BMT bosh kotibi tez orada COVID-19 qurbonlari soni 1 million kishidan oshishini ta’kidlagan.

Vaksinalarni yaratish haqida gapirar ekan Guterrish ko‘pchilik unga umid bildirayotganini qayd etgan va shu bilan birga, pandemiya qarshi universal dori yo‘qligiga urg‘u bergan. «Bitta vaksina ushbu inqirozni hal eta olmaydi, buning ustiga tez orada emas», — deydi bosh kotib.

Guterrish vaksinaga «global jamoatchilik boyligi» deb qarash kerakligini tavsiya etgan va undan barcha foydalanishi uchun «moliyalashtirishda sifatli sakrashlar» lozimligini ta’kidlagan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Hans Klyuge koronavirusga qarshi yaratiladigan bo‘lajak vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmasligi va aholining barcha qatlami uchun birdek samarali bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!