Blatter va Platiniga nisbatan yangi ayblovlar e’lon qilindi

Blatter va Platiniga nisbatan yangi ayblovlar e’lon qilindi

Shveysariya federal prokuraturasi FIFA sobiq rahbari Zepp Blatter va UYEFA sobiq rahbari Mishel Platiniga nisbatan tergov ishini kengaytirdi. Bu haqda prokuratura vakillari ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, endilikda ularga nisbatan "tovlamachilikda gumon qilinish" bo‘yicha ham surishtiruv olib borilmoqda. Shu sababli tergovchilar 1998-2015 yillarda FIFAni boshqargan Blatterning 2011 yilda tashkilot hisobidan Platini hisobiga 2 mln shveysar franki (1,8 mln yevro) o‘tkazganligi holatini o‘rganmoqda.  

FIFA tarixidagi eng yirik mojaro 2015 yil may oyi oxirlarida, Shveysariya polisiyasi Syurixdagi mehmonxonada tashkilotning to‘qqiz nafar amaldorini korrupsiyada gumon qilib qo‘lga olganida boshlangandi. O‘shanda sobiq va amaldagi 14 nafar futbol amaldoriga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Blatter va Platini FIFA axloq qo‘mitasining hakamlar palatasi tomonidan 8 yilga futbol faoliyatidan chetlashtirilgan. Keyinroq bu muddat qisqartirilgandi. Blatter mablag‘larni noo‘rin sarflash va xizmat mavqeini suiiste’mol qilishda ayblangan. Platini esa xuddi shu ayblovlardan tashqari, hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!