"Biz rasmiy nikohdan o‘tmaganmiz, farzandimiz bor. Xo‘jayinimdan aliment undira olamanmi?"

"Biz rasmiy nikohdan o‘tmaganmiz, farzandimiz bor. Xo‘jayinimdan aliment undira olamanmi?"

— Biz rasmiy nikohdan o‘tmaganmiz. Bir nafar farzandimiz bor xo‘jayinimni familiyasida, zags bo‘lmasa ham alimentga berish mumkinmi? (X.SH. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri)

— Oila kodeksiga muvofiq agarda farzand otasi tomonidan tan olinib, farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida otasi haqidagi ma’lumotlarda uning ism-sharifi aks ettirilgan bo‘lsa undan aliment talab qilish mumkin. Bunda nikohning rasman qayd etilgan etilmaganligining ahamiyati yo‘q.

Agarda, farzand otasi tomonidan tan olinmagan va uning tug‘ilganlik guvohnomasiga otasining ismi-sharifi kiritilmagan bo‘lsa, bunda aliment undirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

Otalikni belgilash:
? farzandni otasi tan olgan holda – birgalikdagi ariza bilan FHDYo organlari orqali; 
? otasi otaligini tan olmagan bo‘lsa – sudga murojaat qilish orqali.

Bunda sudga otalikni belgilash haqidagi ariza bilan birgalikda aliment undirish haqidagi ariza bilan ham murojaat etish lozim bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!