Bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirusga chalinish mumkinmi?

Bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirusga chalinish mumkinmi?

Nazariy jihatdan bir vaqtning o‘zida koronavirus va gripp virusini yuqtirish mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Sechenov universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri Yelena Volchkova ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, gripp epidemiyasi boshlangani to‘g‘risida hali ma’lumot yo‘q. Shu munosabat bilan, u ikkita virusga bir vaqtda chalinishning oldini olish uchun odamlarni grippga qarshi emlanishga chaqirdi.

Volchkova, koronavirus yoki gripp bilan kasallangan odam boshqalar bilan aloqa qilmasligi, uyda bo‘lishi lozimligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!