Bir guruh shaxslarga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi mumkin

Bir guruh shaxslarga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqdi.

Mazkur qonun loyihasi bilan bir qator qonunlarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksa hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli moddalari qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirilmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli organ etib belgilab qo‘yilmoqda.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilmoqda.

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qilingan homiylik mablag‘larini soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga qo‘shish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari tomonidan xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, shuningdek, oilalar manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik va ma’muriy sudlarga arizalar, shikoyatlar, da’volar kiritilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!