Berlinda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism – Muhammad

Berlinda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism – Muhammad

2018 yilda Germaniya poytaxti Berlinda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deya xabar bermoqda Islam.ru.

Germaniya til jamiyati (Gfds) o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Berlindan tug‘ilgan 22177 nafar o‘g‘il bolaning 280 nafariga Muhammad ismi berilgan.

Eng ko‘p tanlangan ismlar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida Luis (244 chaqaloqqa qo‘yilgan), uchinchi o‘rinda esa Emil (234 chaqaloqqa qo‘yilgan) bor.

Bundan tashqari, Bremen shahrida eng ko‘p tanlangan ismlar ro‘yxatida Muhammad ismi ikkinchi o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!