Belgiyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi

Belgiyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi

Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Bryussel shaxridagi Elchixonasi bilan birgalikda Belgiyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-turda “Feeling”, “Nieuwsblad”, “La DH”, “De Zondag”, “RTBF”, “Sudinfo”, “Glenaki Tourism Consultancy”, “Ciné Télé Revue”, “So soir”, “Le Soir”, “ELLE Decoration België” va “Soir mag” nashrlari kabi OAV vakillari ishtirok etdi.
Belgiyalik blogerlar va OAV vakillari Toshkent shahri, hamda Samarqand va Buxoro viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.
Tashrif mobaynida xalqaro jurnalistlar so‘nggi yillarda mamlakatimizning turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar va hududlarimizdagi mavjud imkoniyatlar, hamda yangi barpo etilgan obektlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, “ELLE Decoration België” jurnalining bosh muxarriri Marleen Duyerinckx O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirib, jurnalning kamida 24 sahifasini O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlashga reja qilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!