Bekobodda 22 yoshli qizni g‘ayritabiiy yo‘l bilan zo‘rlab, samosud qilgan yigit qo‘lga olindi

Bekobodda 22 yoshli qizni g‘ayritabiiy yo‘l bilan zo‘rlab, samosud qilgan yigit qo‘lga olindi

28 mart kuni ijtimoiy tarmoqda «Bekobodda 50 ming so‘m pulini o‘g‘irlagani uchun jazolandi» izohi bilan video xabar tarqatilib, keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganilib, qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlandi.

Tafsilotga ko‘ra, voqea aslida 2021 yil 13 mart kuni Bekobod shahrida sodir bo‘lgan. «Xos» JXda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.X. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1999 yilda tug‘ilgan F.X. ning xonadoniga mast holda borgan va u yerda fuqaro F.X.ni har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib, g‘ayritabiiy yo‘l bilan jinsiy ehtiyojini qondirishga harakat qilgan. Ushbu jarayonda voqea video tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.

Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasining 28 mart kunidagi tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro F.X. ning chap qo‘l yelka sohasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Bekobod shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!