Baydenning yoniga qurol bilan kirmoqchi bo‘lgan ayol hibsga olindi

Baydenning yoniga qurol bilan kirmoqchi bo‘lgan ayol hibsga olindi

AQShda Oq uy yaqinida polisiya xodimlari mashinasida to‘pponcha borligi aniqlangan ayolni hibsga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralariga tayanib xabar berilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 66 yoshli ayol AQSh prezidenti Jozef Baydenga xat berish uchun uning qarorgohi hududiga kirishga uringan. 

Shuningdek, ayolning yonida pnevmatik quroli bo‘lgan kishi ham o‘tirgan. 

Ta’kidlanishicha, hibsga olingan shaxs allaqachon AQShning birinchi shaxslarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Maxfiy xizmatga topshirilgan.

Manba:qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!