Bayden Rossiyaga qanday muomala qilishini aytdi

Bayden Rossiyaga qanday muomala qilishini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan barcha muammoli masalalarni muhokama qilishga tayyorligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Amerika rahbari ta’kidlaganidek, Rossiya bilan strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish masalasida hamkorlik qilish mumkin, chunki bu, boshqa narsalar qatori, AQSh manfaatlariga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, ushbu shartnoma 2010 yilda Rossiya va AQShning o‘sha paytdagi prezidentlari – Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan imzolangan. Shartnomaning amal qilish muddati 2021 yil fevralda tugaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!