“Barselona” yangi murabbiyni qachon tanishtirishi aniq bo‘ldi

“Barselona” yangi murabbiyni qachon tanishtirishi aniq bo‘ldi

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Barselona”ni qabul qilib olishi kutilmoqda.

Ispaniyalik jurnalist Xavyer Vallsning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yangi bosh murabbiyni 30 may kuni ommaga tanishtirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku va germaniyalik mutaxassisning telefon orqali uyushtirgan muzokarasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Flik kataloniyaliklarning moliyaviy muammolariga qaramay, jamoani boshqarishga rozilik bergan.

Hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes ham o‘rniga boshqa mutaxassis kelayotganidan xabar topdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!