"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda

"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda

Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi Memfis Depayning advokatlari "Barselona" bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

28 yoshli futbolchi jamoani tark etmoqchi. "Barsa" ham futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo klub futbolchini sotish orqali 20 million yevro ishlab olmoqchi, bu esa potensial xaridorlarni qo‘rqitmoqda.

O‘tgan mavsumda Memfis ispan klubi safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Depayning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, hujumchining o‘zi "ko‘k-anorranglilar" lageriga Fransiyaning "Lion" klubidan ko‘chib o‘tgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!