"Bank uyimni tortib oldi": Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan tadbirkor ishi nima bo‘ldi?

"Bank uyimni tortib oldi": Mirziyoyevga murojaat yo‘llagan tadbirkor ishi nima bo‘ldi?

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi tadbirkor Adham Eshonov Youtube tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga videomurojaat yo‘llagan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra 2017 yilda Xalq banki Ishtixon filiali tomonidan u so‘ragan 250 mln. urniga 100 mln. so‘m kredit ajratilgan. Garov taminoti sifatida esa o‘z uyini noturar mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, garovga qo‘ygan. Bugungi kunda garovga qo‘yilgan mulk kim oshdi savdosiga qo‘yilib sotilgani va tadbirkor hamda uning oila azolari uydan chiqarilayotganini bildirib murojaat yo‘llagan. 
 
Ushbu murojaat o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. 2017 yil oktyabr oyida “Azamat Kelajagi” Xususiy korxonasi rahbari A.Eshonov va Xalq banki Ishtixon filiali o‘rtasida 913-sonli kredit shartnomasi tuzilib, unga parrandachilikni rivojlantirish maqsadida omuxta yem sotib olish uchun 12 oyga ikki oy imtiyozli davr bilan 100 mln. so‘m kredit ajratilgan. Kredit garovi sifatida A.Eshonovga tegishli bo‘lgan Ofis va mahsulot saqlash omborxonasi hujjatlari taqdim qilingan.

A.Eshonov olingan kreditni belgilangan grafikda, o‘z vaqtida qaytarmagach Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga muddati o‘tgan kredit qarzdorligini qaytarish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. Sud qarori asosida garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kimoshdi savdosida sotilib, kredit qarzdorligi so‘ndirilgan. 

Murojaatda aytilgan “bank xodimlari uyimni tortib oldi, endi uydan chiqarishmoqchi”, degan vajlar asossiz bo‘lib, barcha ishlar sud qarori asosida olib borilgan. Bank xodimlari aralashmagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!