BAAning eng badavlat besh milliarderi

BAAning eng badavlat besh milliarderi

Joriy yilda besh nafar BAA ishbilarmoni Forbes'ning dunyoning eng badavlat milliarderlari ro‘yxatidan joy oldi. Ularning boyligi umumiy summasi deyarli 30 milliard dollarni tashkil qildi. Gulf News shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

BAAning juda badavlat kishilari turli sohalarda, jumladan ko‘chmas mulk, qurilish, chakana savdo va avtomobilsozlik kabi soahalarda o‘z biznes-xoldinglariga egalar. 2017 yilning mart oyi holatiga ko‘ra, ularning aktivlari 27,3 milliard dollar (100 milliard dirham)ni tashkil qiladi.

Bu yili BAAda eng badavlat milliarder maqomi 10,6 milliard dollar sof kapitalga ega Majid Al-Futtaimga nasib etdi. U 2000dan ziyod dunyoning eng badavlat milliarderlari ro‘yxatida 125-o‘rinni egalladi.

Biznes-magnat yopiq tog‘-chang‘i kurorti va Carrefour gipermarketlariga ega Mall of the Emirates'ni boshqaruvchi xolding kompaniyasiga ega. Carrefour gipermarketlari Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyoda mavjud. Yaqindagina kompaniya Mall of Egypt'ni ochdi.

Undan keyingi o‘rinda 3,1 milliard dollar sof daromadga ega Abdulla bin Ahmad Al-Gurayr turadi. Al-Gurayr va uning milliarder ukasi Saif BAAdagi yirik ishbilarmonlar oilasi vakillari hisoblanadi. U Mashriqbank asoschisi hisoblanadi. Al-Gurayr dunyoning eng badavlat milliarderlari ro‘yxatining 202-o‘rnida qayd etilgan.

Uchinchi eng badavlat milliarder Majid Al-Futtaimning avtomobil sanoatida faoliyat yurituvchi jiyani Abdulla Al-Futtaimdir. U Al Futtaim Group konglomeratiga ega bo‘lib, Toyota va Honda avtomobillarining BAAga yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, mahalliy sug‘urta bozorining ulkan ulushini egallab olgan Orient Insurance Co. rahbari hamdir. U dunyoning eng badavlat milliarderlari orasida 427-o‘rinni egallagan.

Ko‘chmas mulk sohasida tanilgan, dunyo miqyosida 501-o‘rinda qayd etilgan yana bir badavlat amirlik ishbilarmon to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Damac Properties asoschisi Hussayn Sajvoniy 3,2 milliard dollar sof daromadga egalik qiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2013 yilda Trump brendi ostida ikki golf maydonini qurish uchun Sajavoniy bilan hamkorlik qilgan. 2017 yilning fevralida Akoyyada Trump International Golf Course, Damac turar-joy majmui ochildi.

Saif Al-Gurayr 2,1 milliard dollar mablag‘i bilan BAAning beshinchi milliarderi nomiga sazovor bo‘ldi. Yillar mobaynida ishbilarmonning moliyaviy ahvoli o‘zgarib turdi, uning sof daromadi 3,4 milliard dollardan 2,1 milliardga pasaygan. U Forbes ro‘yxatining 973-pog‘onasida qayd etilgan.

2017 yilgi Forbes milliarderlari ro‘yxati 2 043 badavlat kiishini o‘z ichiga olgan.

BAAning 2017 yildagi eng badavlat kishilari:

1. Majid Al-Futtaim

Shaxsiy kapital: 10,6 milliard dollar

Manba: Ko‘chmas mulk, chakana savdo

Forbes reytingida: 125-o‘rin

2. Abdulla bin Ahmad Al-Gurayr

Shaxsiy kapital: 6,8 milliard dollar

Manba: Diversifikasiyalash

Forbes reytingida: 202-o‘rin

3. Abdulla Al-Futtaim

Shaxsiy kapital: 4,1 milliard dollar

Manba: Avtodilerlar, sarmoyalar

Forbes reytingida: 427-o‘rin

4. Husayn Sajvoniy

Shaxsiy kapital: 3,7 milliard dollar

Manba: Ko‘chmas mulk

Forbes reytingida: 501-o‘rin

5. Saif Al-Gurayr

Shaxsiy kapital: 2,1 milliard dollar

Manba: Diversifikasiyalash

Forbes reytingida: 973-o‘rin

Manba: xabardor. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!