Avval ham boshqa farzandini ham sotib yuborgan ona 3 yashar bolasini 4 ming dollarga pullayotganda ushlandi

Avval ham boshqa farzandini ham sotib yuborgan ona 3 yashar bolasini 4 ming dollarga pullayotganda ushlandi

Farg‘ona viloyatida yashovchi ikki ayol moddiy manfaat orttirishni maqsad qilib, oson, ammo insoniyat tabiatiga xos bo‘lmagan yo‘lini tanlab jinoyat ko‘chasiga kirgan. Ona 3 yashar bolasini 4 000 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu uning uchun birinchi holat emas.

O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Toshkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migrasiya qarshi kurashish xodimlari hamkorligida joriy yilning 24 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Malika Qurbonova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Qo‘qon shahrida yashovchi tanishi 1978 yilda tug‘ilgan Zaynab Xolova bilan birgalikda (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Nurafshon shahriga kelib Qurbonovaning 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li (A.A.) ni shartli xaridorga 4 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida M.Qurbonova avval xam shu kabi holatni sodir etib, uchinchi farzandi 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘li (M.Q.)ni moddiy manfaat evaziga berib yuborganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqarolar M.Q. va Z.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbir so‘ngida 2018 yilda tug‘ilgan A.A.ning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, otasiga qaytarilgan. Suhbat davomida bolaning otasi: ayoli M.Q. uni aldab bolasini uydan olib chiqib ketganini, bundan xabari bo‘lmaganini va qattiq taassufda ekanligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!