Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga!

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga!

Koronavirus pandemiyasi paytida avtotransport soxasida faqat yuk tashuvlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan. 2020 yil 30 martdan respublika hududida barcha avtoqatnovlar to‘xtatilishi munosabati bilan, xalqaro yuk tashuvlarga ruxsat beruvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni (dozvol) milliy tashuvchilarga ruxsat beruvchi xujjatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tarqatish imkoniyati bulmaydi.

Yuqoridagi xolatdan kelib chiqib xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni chop etish va tarqatish masofaviy ishlash rejimida tashkil etiladi.

Ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga yetkazib berish “O‘zbekiston pochtasi” AJning tezkor pochta xizmati orqali amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuni inobatga olgan holda xalqaro yuk tashuvlarga ruxsat beruvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar uchun ariza berilganda qabul qilib oluvchining manzili aniq ko‘rsatilishini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!