Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegasiyasiga to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi!

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston delegasiyasiga to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi!

Parijdan yana bir xushxabar. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.

Murosasiz ruhda o‘tgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!